Toshkent shahrida joylashgan “Aesthetic Island” sog‘lomlashtirish markazi binosi auksion savdosiga qoʻyilgan. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.

Umumiy maydoni 2708 kv.mni tashkil etuvchi binoda elektr energiyasi, gaz va suv mavjud.

Boshlangʻich sotuv narxi 32.1 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 1,6 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

Auksion 8-sentabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.



Avvalroq “Spot” “Khiva Lokomotiv Hotel” mehmonxonasi sotuvga qoʻyilgani haqida yozgandi.

Auksion 22-avgust kuni soat 10:00 da boshlanadi.