Sirdaryoda ayollarni o‘qitish va ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi “InnoWoman” loyihasi ishga tushirilmoqda, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Loyiha 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar uchun moʻljallangan IT-kurslarni tashkil qiladi.

Dastur 1000 nafar talaba qizlarni kommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida taklif etilayotgan kurslarda oʻqitish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

“InnoWoman” loyihasi 6 oy davom etib, unda ishtirokchilar kompyuter savodxonligi (1 oy), veb-dasturlash va loyihalarni boshqarish (5 oy) yo‘nalishlarida oʻqiydilar.

Bundan tashqari, kurslar raqobatbardosh AKT-loyihalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, startap loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam beriladi.

Trening natijalariga ko‘ra, uchta eng yaxshi startap noutbuklar bilan taqdirlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun arizalarni 10-sentabrgacha havola orqali yuborish mumkin. Darslar 20-sentabrdan boshlanadi va o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

Kurslarning oylik narxi 100 ming so‘mni tashkil etadi.


Avvalroq “Spot” IT Park UNICEF bilan hamkorlikda “Skills4Girls” loyihasini ishga tushirgani haqida xabar bergandi. Loyiha raqamli savodxonlik va grafik dizayn bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi hisoblanadi.

Unda Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkentdan 12−18 yoshgacha bo‘lga qizlar qatnashadilar.