Joriy yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 6 ta xorijiy davlatga qiymati $2,8 mln.ga teng bo‘lgan 2,6 ming tonna limon eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 122 tonnaga kamaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eng ko‘p Rossiya (1,7 ming tonna), Qozog‘iston (615 tonna) Qirg‘izistonga (283 tonna) limon eksport qilgan.

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati — 986 tonna;
  • Xorazm viloyati — 505 tonna;
  • Toshkent viloyati — 353 tonna;
  • Namangan viloyati — 221 tonna.

Yanvar oyidan boshlab, limon yetishtiruvchi tadbirkorlarning xarajatlari subsidiya orqali qoplab berilishi boshlandi.

Bunda, yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.