“UzAutoMotors” yil oxirida “Spark” va “Nexia” ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bunga sabab konveyerlarning yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishga o‘tkazilishi deya keltirilmoqda.

Qolgan butlovchi qismlar yil davomida ushbu avtomobil modellarining turli konfiguratsiyalardagi so‘nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishni davom ettirish imkonini beradi.

Bugundan boshlab, ushbu “Chevrolet Spark” va “Nexia” avtomobillari sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda “UzAuto Motors” avtomobillariga bo‘lgan talabning yuqoriligi sabab, kompaniya “Chevrolet Spark” va “Nexia” avtomobillari eksport hajmining bir qismini ichki bozorga yo‘naltirmoqchi.


Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” aksiyalari fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgani haqida xabar bergandi.