Prezident qaroriga muvofiq mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga davlat xizmatlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Mazkur tizim joriy yilning 1-noyabridan boshlab amal qiladi hamda yuqorida ta’kidlangan operatorlar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin.

Hujjat bilan 2022-yil yakuniga qadar aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 98%ga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60%ga yetkazish belgilandi.

Shuningdek, 2023-yildan boshlab yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy mukofot jamg‘armasi $1 mln bo‘lgan tanlov o‘tkazilishi haqida aytilgandi.