“Hududiy elektr tarmoqlari” binolari tom qismiga quyosh panellari o‘rnatish maqsadida “Solar Nature” MChJ bilan shartnoma imzoladi.

Ayni kunlarda 192 ta quyosh panelidan iborat quvvati 110 kVt bо‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi о‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Hozirda mazkur stansiyani elektr energiya ta’minoti tizimiga ulash ishlari olib borilmoqda.

Stansiya tо‘liq ishga tushirilgach, yiliga о‘rtacha 361 350 kVt soat elektr energiyasi tejalishi kо‘zda tutilmoqda.

Keyinchalik barcha tarkibiy korxonalar binolariga ana shunday qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etiladi.

Bundan oldin “Farg‘ona IEM” qozon sexi binosiga 60 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilgandi.

Bu korxonada yillik elektr energiyasini esa 108 ming kVt/soatga tejash imkonini berishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” Toshkentda 100 dan ortiq xonadon quyosh panellari bilan bepul ta’minlanishi haqida yozgandi.

Loyiha umumiy qiymati 2,8 mlrd bo‘lib, “daftarlar"ga kirgan 138 ta oila quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan bepul ta’minlanadi.