“Jartepa” chegara bojxona postida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bunga sabab postda joylashgan binolarni kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi deya keltirilgan.

Joriy yilning 5-sentabridan 16-sentabrigacha bo‘lgan kunlari post orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishi cheklanadi.

Mazkur cheklov quyidagi yo‘lovchilar uchun amal qilmaydi:

  • diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
  • rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
  • respublikamizda investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
  • xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
  • mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
  • Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga;
  • o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
  • Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.

Avvalroq Farg‘onadan Samarqandga Tojikiston orqali avtobus qatnovi qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

“Farg‘ona-Samarqand” avtobus yo‘nalishining masofasi 618 km bo‘lib, uni bosib o‘tish uchun 12 soat, 50 daqiqa sarflanadi.