Joriy yilning sakkiz oyi davomida 48 344 nafar fuqaroga 9,1 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu bo‘yicha Markaziy bank ma’lumotlarni taqdim etdi.

Shundan, 2,3 trln so‘m miqdoridagi mablag‘ banklarning o‘z hisobidan ajratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 618 mlrdni tashkil etgan.

6,7 trln so‘m asosiy pul miqdori esa Moliya vazirligi hisobidan moliyalashtirildi.

Qolgan 114 mlrd so‘m esa O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan.

Hududlar kesimida kredit oluvchilarning eng ko‘p ulushi 2,7 trln so‘m yoki 9 452 nafar fuqaro bilan Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.


Eng kam ko‘rsatkich esa 196 mlrd so‘m yoki 1 158 nafar aholi bilan Sirdaryo viloyatida kuzatilgan.

Aholiga ajratilgan kreditlarning 78%i birlamchi bozordagi uylar xaridiga, qolgan 22%i esa ikkilamchi bozordagi uylarga ishlatilgan.

Kreditlarning asosiy qismini ya’ni 70%ni 31−50 yosh oralig‘idagi aholi olgan, ularning umumiy soni 33 633 tani tashkil etadi.

18−30 yosh oralig‘ida kredit olgan yoshlar soni esa 10 392 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yetti oy davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari 7,6 trln so‘mga yetgandi.