Joriy yilda xususiylashtiriladigan davlat ulushi mavjud korxonalarning 37 tasi 1,5 trln so‘mga sotilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasida ma’lum qilindi.

Rejadagi 150 ta davlat ulushlarini 3 va 4-choraklarda sotish rejalashtirilgan.

Shuningdek, sotilishi belgilangan 250 ta davlat ko‘chmas mulklari o‘rniga 535 ta obyektlarning sotilishi ta’minlandi.

Qiymati 10,7 trln so‘m bo‘lgan 1 712 ta davlat aktivlari savdoga qo‘yilgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 916 ta davlat aktivi 3 trln so‘mga sotilib, 3,2 trln so‘m tushum ta’minlandi.

Shundan 2,3 trln so‘m miqdordagi mablag‘lar davlat budjetiga yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, 7 304 ta yer uchastkalari 470 mlrd so‘mga sotilib, 236 mlrd so‘m tushum ta’minlandi.

Shundan 155 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar tegishli mahalliy budjetlarga yo‘naltirildi.

Avvalroq joriy yilning birinchi yarmida davlat budjetining daromadlari 92,6 trln so‘mni tashkil etishi xabar qilingandi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,8 trln so‘m — 23,7%ga ko‘p.