Regulyator O‘zbekiston banklarining sakkiz oy davomidagi daromadlilik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Xususan, joriy yilning 1-sentabr holatiga bank tizimining foizli daromadlari 41 trln so‘mni, foizli xarajatlar esa 25,4 trln so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan yilning mos davrida daromadlar 30,2 trln so‘m, xarajatlar esa 19,6 trln so‘m bo‘lgandi.

Foizli marja ko‘rsatkichi ham o‘tgan yilga nisbatan 5 trln.ga ko‘payib, jami 15,6 trln.ni tashkil etdi.

Foizsiz daromad ko‘rsatkichi 22,7 trln so‘mga, foizsiz xarajatlar esa 7,3 trln so‘mga yetgan.

Shuningdek, foizsiz daromadning zarari o‘tgan yili 2,4 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu yilga kelib bu ko‘rsatkich qariyb uch yarim baravar o‘sgan — 6,5 trln so‘m.

Bank tizimidagi sof foyda (zarar) esa joriy yilda 6,1 trln so‘mdan iborat.


O‘zbekiston banklari olti oyda 4,8 trln so‘m sof foyda ko‘rgandi. Umumiy hisobda 47,2 trln so‘m daromad ko‘rilgan bo‘lib, shundan 42,4 trln so‘m miqdorida xarajatlar amalga oshirilgan.