2021-yil sentabridan 2022-yil avgustigacha “Skytrax” aviakompaniya va aeroportlarni baholash sayti eng yaxshi TOP 20 aviakompaniyalarni aniqladi. Bunga “Bloomberg” ahamiyat berdi.

Onlayn soʻrovnomada 350 dan ortiq aviakompaniyalar ishtirok etib, u ingliz, fransuz, ispan, rus, yapon va xitoy tillarida oʻtkazildi.

Unga ko‘ra, “Qatar Airways” dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi.

Keyingi o‘rinlarni “Singapore Airline” va “Emirates” aviakompaniyalari egalladi.

Yaponiyaning “All Nippon Airways” va Avstraliyaning “Qantas Airways” aviakompaniyalari esa kuchli beshlikka kirdi.

Gonkongning “Cathay Pacific” kompaniyasi o‘tgan yilgi oltinchi o‘rindan 16-o‘ringa tushib ketdi. Shuningdek, har bir xizmat toifasi uchun eng yaxshi aviakompaniyalar ham aniqlandi.

Birinchi toifadagi eng yaxshi salon “Singapore Airlines"ga, eng yaxshi biznes-klass esa “Qatar Airways"ga nasib etdi.