“AllTrip” onlayn chipta xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yozida oʻzbekistonliklar ko‘proq mamlakat boʻylab sayohat qilgan — sotilgan chiptalar umumiy sonining 49,83%i.

Ular ichki yo‘nalishlardan so‘ng Turkiya (16,26%) va Rossiyani (9,96%) afzal ko‘rgan.

Keyin o’rinlarni Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Qozog‘iston egallagan.

Yo‘lovchilarning 1,52%i Germaniyaga, 1,21%i AQShga, 1,15%i esa Ozarbayjonga tashrif buyurgan. Belarusiya va Hindistonga uchganlar soni esa 1,07%ni tashkil qildi.

Shuningdek, mamlakat fuqarolari Tojikistonga (0,93%) ham parvozlarni amalga oshirgan.

Qaysi aviakompaniyalar afzal ko‘rildi

Yo‘lovchilar eng ko‘p “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasini tanladilar, bu sotilgan umumiy chiptalarning 83,99%ini tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda “Turkish Airlines” (11,71%), “Aeroflot” (1,33%) aviakompaniyalari tanlangan.

Shu bilan birga, o‘tgan yozda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining o‘rtacha chipta narxi 2,2 mln so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, “Turkish Airlines"da 9,3 mln so‘m, “Aeroflot"da esa 6,8 mln so‘m.