5-oktabrdan Buxoro-Xiva-Buxoro yo‘lovchi poyezdi harakati tiklanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Bu mamlakatda turizmni rivojlantirish maqsadida turistik firmalarning talabiga asosan amalga oshirilmoqda.

Harakat jadvali:

Poyezd 5-oktabrdan 13-noyabrgacha haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlaridan boshlab Buxorodan

  • Buxoro 12:10 — Xiva 19:29;

6-oktabrdan 14-noyabrgacha haftaning payshanba, shanba va dushanba kunlaridan boshlab Xivadan jo‘naydi.

  • Xiva 07:52 — Buxoro 15:16.

Qo‘shimcha ma’lumotni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Shuningdek, chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” 1−2-oktabr kunlari “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgandi.