Markaziy bank aholining moliyaviy madaniyatini oshirish maqsadida “Moliyaviy savodxonlik” teleloyihasini ishga tushirdi.

U “Uzreport” telekanalining “Fayzli tong” dasturi orqali haftasiga uch marotaba — dushanba, chorshanba va juma kunlari efirga uzatiladi.

Loyiha “Ipak yoʻli bank”, “Turon bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Xalk banki” hamda “Humo” toʻlov tizimi hamkorligida amalga oshiriladi.

Dasturda quyidagi mavzular yoritiladi:

  • raqamli moliyaviy savodxonlik va xavfsizlik;
  • jamgʻarish madaniyatini oshirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
  • tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik.

Unda soha mutaxassislari bilan intervyu shaklida teletomoshabinlar duch kelgan masalalar muhokamasi bilan jonli efir davomida oʻtkaziladi.