Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining “Spot"ga taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda soliq tushumlarida o‘sish kuzatilgan.

Unga ko‘ra, yanvar-sentabr oyida soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,3%ga oshgan. O‘tgan oyda esa soliq tushumlari hajmi 16,5%ni tashkil qilgan.

Soliq tushumlarining o‘sishi viloyatlar kesimida Farg‘onada 39,5%ni qayd etgan bo‘lsa, Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 42,2%ga yetdi.

Shuningdek, Samarqand (35,4%), Sirdaryo (33,2%), Xorazm (32,7%), Buxoro (32,2%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (33,4%) soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

Umuman olganda, ko‘rib chiqilayotgan davrda soliq tushumlarining ko‘payishiga bir vaqtning o‘zida bir qator o‘sish omillari ta’sir ko‘rsatdi.

Xususan, QQS (respublika bo‘yicha daromadning o‘sishi — 32%) va aylanmadan olinadigan soliq (49%) tushumlari o‘sdi.

Bunga elektron hisobvaraqlar tizimi, onlayn kassa tizimini joriy qilishni kengaytirish, shuningdek, aholiga xarid qiymatining 1%ini keshbek sifatida qaytarib berish tartibining joriy qilinishi hisobidan erishilgan.


Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi baholangandi.