Fransiyaning “Danone” sut ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Rossiyadagi zavodlarini boshqarishni yangi egasiga oʻtkazadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar bermoqda.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, bu qarordan ko‘riladigan zarar taxminan 1 mlrd yevroga baholanmoqda.

Qoʻshimcha qilinishicha joriy yechim ham xodimlar, ham sheriklar, ham iste’molchilar uchun eng yaxshisidir.

Mart oyida “Danone” Rossiyadagi investitsiya loyihalarini to‘xtatishini e’lon qilgandi.

Aprel oyida esa “Reuters” agentligi kompaniya mamlakatni tark etish haqida o‘ylayotganini ma’lum qilgandi.

Biroq keyinroq “Danone” bunday qilishni rejalashtirmaganini haqida xabar berdi.

Joriy yilning toʻqqiz oyida “Danone” Rossiya boʻlinmasi sof sotuvlarining qariyb 5%ini tashkil etgan.

Danone” sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya Rossiyada 1992 yildan beri ishlaydi.

Uning brendlari orasida “Danone”, “Prostokvashino”, “Activia”, “Actimel', “Bio Balance”, “Rastishka”, “Tyoma”, “Danissimo” va boshqalar bor.


Avvalroq “Spot” “Nissan” avtokonserni Rossiya bozorini tark etayotgani haqida yozgandi.