Joriy yilning 18−22-oktabr kunlari “Digital Valley” tashabbusi doirasida Farg‘ona, Namangan hamda Andijonda yosh tadbirkorlar uchun biznesni raqamlashtirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkaziladi, xabar berdi “IT Park”.

Yosh va yangi tadbirkorlarga o‘z biznesini raqamlashtirishni rivojlantirish yo‘lida to‘g‘ri va samarali strategiyani topishga qaratilgan uchrashuv taqdimot va savol-javob shaklida o‘tkaziladi.

Unda Farg‘ona vodiysidagi rezident kompaniyalar vakillari va Toshkent shahridan onlayn formatda mentorlar qatnashishi belgilangan.

Tadbirlar vaqti va joyi:

  • 20-oktabr — Farg‘ona (“IT Park” filiali);
  • 21-oktabr — Andijon (“IT Park” filiali);
  • 22-oktabr — Namangan (“IT Park” filiali).

“Digital Valley” tashabbusi IT Park, AKT vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining “Youth Digital Skills” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.


Avvalroq “IT Park” kompyuter savodxonligi bo‘yicha dasturga murabbiylar izlayotgani xabar qilingandi.