Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nogironligi bo‘lgan talabalar uchun “Eng yaxshi talaba” tanlovini e’lon qildi.
Tanlovda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan (1 va 2-guruh) talabalar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilarning qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslarga faol ishtiroki kabi taraflariga e’tibor beriladi.
Tanlovning birinchi bosqichi har bir OTMda ikki bosqichda — fakultet va universitet bosqichida o‘tkaziladi.
Universitet bosqichi uchun arizalar joriy yilning 25-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Universitet bosqichda 1-o‘rinni egallagan g‘oliblar respublika bosqichda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi hamda quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-o‘rin — BHMning 10 baravari;
- 2-o‘rin — BHMning 8 baravari;
- 3-o‘rin — BHMning 6 baravari.
Shuningdek, tanlovning respublika bosqichi har yili dekabr oyida o‘tkazilishi belgilangan. Unda 1-o‘rinni egallagan talaba esa BHMning 100 baravari miqdorida mukofotlanadi.
Tanlov nizomi bilan havola orqali tanishish mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni OTMdan olish mumkin.