Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) Rossiyadan ko‘plab davlatlarga aviachiptalar narxi sezilarli darajada arzonlashgani haqida xabar berdi.

Narxlar 26-sentabr va 26-oktabrdagi parvozlar narxlari bilan solishtirildi.

Jumladan, Turkiya va Armanistonga parvozlar uchun chiptalar narxi sentabr oxiriga nisbatan mos ravishda yetti va 30 baravarga arzonlashgan.

Sentabr oyi oxirida Rossiyadan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilmagan. Birlashtiruvchi reysda sayohat bir kishiga kamida 178,5 ming rublga tushishi mumkin edi.

Endi 26-oktabrda Moskva yoki Sankt-Peterburgdan Istanbulga parvoz qilish bagajsiz chiptalar narxi 20 ming rublni tashkil qilmoqda.

26-sentabrda Moskvadan Yerevanga eng arzon chiptalar 380 ming rublni tashkil qilgan bo‘lsa, qariyb bir oy o‘tgach narxlar 13 ming rubl taxminan 30 baravar arzonlashgan.

Shuningdek, Toshkentga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys narxi 18,6 ming rubl (bagajsiz) va 24,5 ming rublga (bagaj bilan) tushdi.

Sentabr oyi oxirida O‘zbekistonga chiptalar narxi kishi boshiga bir tomonga 322 ming rublni tashkil qilgan.

Sayohatlarni rejalashtirish xizmati “OneTwoTrip” Rossiyadan qaysi davlatlarga parvozlar eng arzoni ekanligini solishtirgan.

Unga ko‘ra, Moskvadan Belorussiyaga parvoz qolganlarga qaraganda arzonroq — bir yo‘lovchi uchun chipta narxi 4100 rubl.

Keyingi o‘rinni egallagan Armanistonga noyabr oyining oxirigacha 11 800 rublga borish mumkin.

Uchinchi o‘rinda Qirg‘izistonga parvoz narxi 16100 rublni tashkil qiladi. Kuchli beshtalikga Eron va Tojikiston kirdi — 19 800 va 20 600 rubl bir tomonlama chipta uchun.

Ozarbayjonga esa kuz oxirigacha 21,8 ming rublga uchish mumkin. Turkiyaga chipta narxi esa 23,8 ming rublni tashkil qilmoqda.

Shuningdek Qozog‘istonga 24,1 ming rubl, O‘zbekistonga 26 ming rubl va Gruziyaga esa 32,3 ming rublga chipta xarid qilish mumkin.