Energetika vazirligi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Stansiya vazirlik binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi hamda ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyatiga ega.
Avvalroq Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan kichik mobil quyosh fotoelektr stansiyasi yaratilgani hamda elektromobillarni quyosh energiyasida zaryadlovchi qurilma ishga tushgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, aholiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi ma’lum qilingandi.
Xususan, sotib olingan va o‘rnatilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun BHMdan kelib chiqib 7 barobardan 50 barobargacha kompensatsiya beriladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini marketpleys orqali sotib olish mumkin.