Joriy yil iyun oyida “Utair” aviakompaniyasi Moskva-Samarqand yoʻnalishida yangi reyslarni yoʻlga qoʻygandi.

Endilikda Moskvadan Samarqandga parvozlar soni haftasiga to‘rt martagacha koʻpaytiriladi, deya xabar bermoqda aviatashuvchi matbuot xizmati.

“14-noyabrdan boshlab dushanba kunlari Moskvadan Samarqandga qoʻshimcha reys yoʻlga qoʻyiladi. Natijada parvozlar shaharlar oʻrtasida haftasiga toʻrt marta — dushanba, seshanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Moskvadan uchish vaqti 12:40 da, Samarqanddan esa 20:00 da amalga oshiriladi. Chiptalar narxi esa 7,3 ming rubl (1,3 mln soʻm)dan boshlanadi.

“Utair” hozirda Oʻzbekistonning Buxoro, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlariga aviqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.

“Barcha yo‘nalishlarda barqaror yo‘lovchilar oqimi kuzatilmoqda. Mijozlar manfaatlarini ko‘zlab yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish ustida ishlamoqdamiz”, — dedi “Utair Passenger Airlines” matbuot xizmati prezidenti Oleg Semyonov.


Avvalroq Vengriyaning “Wizz Air” aviakompaniyasi Abu Dabi-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.