Joriy yilning 26-noyabr kuni o‘tkaziladigan “DevFest” konferensiyasiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

DevFest” — dasturchilar uchun “Google” texnologiyalari haqida bilim almashish, tarmoq yaratish va o‘rganishga qaratilgan xalqaro texnologik konferensiya hisoblanadi.

Yangi O‘zbekiston universitetida o‘tkaziladigan mazkur tadbirda “Microsoft”, “Uber”, “EPAM”, “iTechArt” kabi kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ariza topshirish kerak.

Konferensiya dasturi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Shuningdek, Qashqadaryoda o‘tkaziladigan “Istiqbolli IT-loyihalar” tanloviga ham arizalar qabul qilinmoqda. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, 30-noyabrigacha ariza topshirish kerak.