Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi doirasida Parijda o‘zbek-fransuz biznes-forumi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining benefitsiar maqomi O‘zbekistonga 6 mingdan ortiq turdagi tovarlarni Yevropa Ittifoqi bozorlariga imtiyozli shartlarda eksport qilishga imkon beradi.

Hukumat eksport qiluvchilar transport xarajatlarining 70%ini qoplashga tayyor.

Shuningdek, mamlakatda qazib olish uchun imtiyozli shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ko‘plab tabiiy resurslar mavjudligi, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va turizm kabi sohalarda 22 ta MIZ tashkil etilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston qo‘shma loyihalarning 50%ini moliyalashtirishi, davlat korxonalarini chuqur xususiylashtirishga tayyorligi, shuningdek, O‘zbekistonning geografik joylashuvi fonida G‘arb va Sharq, Shimol va Janub o‘rtasida qulay transport yo‘laklarini yaratadigan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston va Mozori-Sharif-Kobul-Peshavor temir yo‘llarini qurish tashabbusi ilgari surildi.

O‘zbekiston yashil energetika, avtomobilsozlik va butlovchi qismlar, farmatsevtika sanoati va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda fransuz tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirildi.

Samarqandda o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligiga bag‘ishlangan konferensiyada davlat rahbari ishtirokchilarga murojaat yoʻllab, “Global Gateway” tashabbusi orqali aloqalarni mustahkamlash borasida birgalikda ishlash yoʻnalishlarini sanab oʻtgandi.