“IT Park” YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan Samarqanddagi yoshlar uchun “Mobil dasturlashga kirish” nomli bepul kursiga arizalar qabul qilmoqda.

Kurs dasturi 2 ta moduldan iborat bo‘lib, birinchi modulda “Java” dasturlash tilini o‘rgatiladi.

Ikkinchi modulda esa “Android” operatsion tizimida interfeyslarni va mobil ilovani yaratishning asosiy tamoyillari bo‘yicha darslar olib boriladi.

Dastur davomiylig bir oy bo‘lib, u “IT Park” Samarqand filialida o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

Kursni tugatgandan so‘ng, ishtirokchilar mobil dasturlash bo‘yicha fundamental bilimga ega bo‘lishi mumkin.

Unda ishtirok etish uchun joriy yilning 1-dekabrigacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Samarqandda o‘tkaziladigan inkubatsiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.