Samarqanddagi Inkubatsiya markazlarida inkubatsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” xabar bermoqda.

Unda startap g‘oyalarni ishlab chiqish va muvaffaqiyatli ishga tushirishgach bo‘lgan jarayonlar o‘rgatiladi.

Inkubatsiya dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • mentorlik yordami;
  • tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;
  • tanlovlar;
  • investorlarni jalb qilish uchun taqdimotga tayyorgarlik.

Dasturda ishtirok etish bepul bo‘lib, arizalarni joriy yilning 27-noyabrigacha havola orqali jo‘natish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Shuningdek, Surxondaryoda o‘tkaziladigan “Hackathon” hamda Qashqadaryoda o‘tkaziladigan “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Buxorodagi hunarmand ayollar uchun esa IT bo‘yicha bepul kurslarga qabul davom etmoqda.