Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryodagi “Sho‘rtanneftgaz-Tekstil” korxonasining 100% davlat ulushini sotuvga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 28,3 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 1,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Bino va inshootlarning egallagan umumiy maydoni 5979,7 kv.metr, yer uchastkasining umumiy maydoni esa 2,36 ga dan iborat.

Lotda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 22-dekabri, soat 09:00 gacha jo‘natish kerak. Auksion shu kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Yashnoboddagi “Universal Tennis Plus” kompaniyasining 100% davlat ulushi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.