Moliya vazirligi va Koreya fond birjasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatda olib borilayotgan davlat ulushi mavjud korxonalarning xususiylashtirilishi jarayoni hamda kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishda moliyaviy texnologiyani yangilash maqsadida tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shu bilan birga, Koreya tajribasini joriy etishda koreyalik mutaxassislar yordamida trening va seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.

Mazkur memorandum ikki mamlakat o‘rtasida kapital bozori yagona dasturiy-texnik kompleksni rivojlantirish, korporativ axborotlarni oshkor etish tizimini yangi texnologiyalardan foydalangan holda yangidan yaratish imkonini beradi.

Shuningek, yangi moliyaviy vositalarni yaratish hamda kapital bozori mutaxassislari bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun xizmat qiladi.

Avvalroq Samarqandda o‘tkazilgan iqtisodiy forumda Moliya vazirligi va OTB o‘rtasida Orol dengizi havzasi sektorida iqlimga moslashgan suv resurslarini boshqarish loyihasi bo‘yicha $3,3 mln.lik qarz bitimi imzolangandi.

Shuningdek, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida budjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida qiymati $100 mln miqdoridagi qarz bitimi imzolandi.