Prezident jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshini 2 barobarga oshirdi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Davlat rahbari kompaniya tizimidagi 18-avtobus saroyida bo‘lib, muhim topshiriqlar bergandi.

Endi “Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchilariga joriy yilning dekabr oyidan boshlab 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maosh berilishi belgilandi.

Shuningdek, kompaniya jamoat transporti haydovchisi kasbida ishlash istagida bo‘lganlarni ishga taklif etmoqda.

Sentabr oyida yil yakuniga qadar Toshkentga 190 dona “MAN A22 CNG” rusumli yangi avtobuslar keltirilishi ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek, yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 ta “SAZ LE-60” o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinishi belgilangan. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.