Xitoyning “Baidu” kompaniyasi Uxanda haydovchisiz robot taksida yo‘lovchilarni ertalab soat 7:00 dan 23:00 gacha tashishga ruxsat oldi, deya xabar bermoqda “TechCrunch” nashri.

Qayd etilishicha, ilgari bu vaqt 9:00 dan 17:00 gacha cheklangan edi.

“Baidu” robot-taksi xizmati soatlarini oshirish orqali mijozlar soni 1 mlnga yetishini kutmoqda. Uxan shahri aholisi esa 10 mln kishidan oshadi.

Avgust oyida “Baidu” Uxan va Chongqingda tijorat avtomatik taksi xizmatini ishga tushirgandi.

“Apollo Go” ma’lumotlariga ko‘ra, “Baidu” haydovchisiz robot taksilari 2022-yilning uchinchi choragida 474 mingdan ortiq sayohatni amalga oshirgan.

Iyul oyida Xitoyning Shenchjen shahri hukumati haydovchisiz transport vositalarining yo‘llarda, faqat ayrim hududlarda harakatlanish huquqini rasmiylashtirdi.

Noyabr oyi oxirida Amerikaning “Waymo” dron ishlab chiqaruvchisi yo‘lovchilarni haydovchisiz bepul tashishga ruxsat olgandi.

Robot taksi San-Fransisko, Los-Altos, Los-Altos Hills, Mountain View, Palo-Alto va Sunniveyleda ishlaydi.


Avvalroq “Spot” Toshkentdagi 11 ta yo‘nalishli taksi va avtobuslarni biriktirish bo‘yicha tender e’lon qilingani haqida yozgandi.