“Amazon” kompaniyasi rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq xodimlarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Kommersant” nashri.

Avvalroq kompaniya 10 mingga yaqin xodimni ishdan bo‘shatishni reja qilgan bo‘lsa, oxirida ular 18 ming xodimni qisqartirishga qaror qilishgan.

Bu haqda kompaniya bosh direktori Endi Jessi ma’lum qilgan.

U ishdan bo‘shatilganlarning barchasiga ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishga joylashishda yordam berilishiga va’da berdi.

“The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, 2022-yil sentabrida Amazonda 1,5 mln kishi, ularning aksariyati kompaniya omborlarida ishlagan.

“The New York Times” gazetasining yozishicha, qisqartirishlar yangi qurilmalarni ishlab chiqadigan, shuningdek, chakana savdo va inson resurslari bo‘linmalariga ta’sir qiladi.

2022-yilda “Amazon"ning o‘sishi so‘nggi yigirma yildagi eng sekin bo‘ldi.

Kompaniyaning xarajatlari keskin oshdi, shu bilan birga iste’molchilarning xarid qilish odatlarining o‘zgarishi va inflyatsiyaning o‘sishi uning savdosini pasaytirdi.

O‘tgan yilning noyabr oyida “Amazon” aksiyalari koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri eng past darajaga tushib ketdi.


Avvalroq “Spot” “TikTok” Moskvadagi xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatib, faqat 10 nafarini saqlab qolgani haqida yozgandi.