Avvalroq, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi.

Ma’lum qilinishicha, avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50% miqdorida chegirma muddati ham 2023-yilning 18-yanvarigacha uzaytirildi.

Shuningdek, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, ta’til uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yo‘llarda qo‘shimcha reyslar qo‘yiladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlarga 50% chegirma e’lon qilgandi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomalari bilan temir yo‘l kassalariga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, chiptalarni elektron tarzda havola orqali olish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

“Uzbekistan Airways” kompaniyasi talabalar uchun e’lon qilgan 50% chegirma ham mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.

Aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filiali yoki hududlardagi aeroport aviakassalaridan olish mumkin.

Buning uchun talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kerak.