2022-yilda Rossiyada inflyatsiya 11,9%ni tashkil etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziriligi rahbari Maksim Reshetnikovga tayanib.

“Yil oxiriga kelib inflyatsiya 12%dan past, aniqrog‘i 11,9%ni tashkil etdi. Garchi biz uy-joy kommunal xizmatlari tariflarini indeksatsiya qilishni 2023-yil 1-iyuldan 2022-yil 1-dekabrga ko‘chirgan bo‘lsak ham”, — dedi Iqtisodiyot vazirligi rahbari.

“Biz birinchi chorakda va uning oxirida inflyatsiya sezilarli darajada pasayib borishini kutamiz, chunki may oyida yuqori narxlar pasayadi va ikkinchi chorakda biz aniq raqamlarni ko‘ramiz” — deya qo‘shimcha qildi Reshetnikov.

2022-yil 16-dekabr kuni Rossiya banki rahbari Elvira Nabiullina yillik inflyatsiya yaqin oylarda sekinlashishi mumkinligini aytdi.

Uning prognozlariga ko‘ra, bahorda bu ko‘rsatkich 4%gacha tushishi mumkin. 2023-yilda esa inflyatsiya 5−7% darajasida bo‘lishi bashorat qilinmoqda.


Avvalroq “Spot” 2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 12,3%ni tashkil etgani haqida yozgandi.