Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilning birinchi choragi uchun mamlakat yalpi ichki mahsulotining dastlabki prognozini e’lon qildi. (“Spot"da mavjud)

Unga ko‘ra, iqtisodiyotda birinchi chorakda biroz pasayish kuzatilib, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi odatda mavsumiy omillar tufayli past bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning to‘rtinchi choragida YaIMning haftalik o‘sish tendensiyasi davom etib, bu uchinchi chorakda ham kuzatilgan.

O‘sish tendensiyasi asosan tashqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishbilarmonlik faolligining sezilarli darajada oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Xususan, 2022-yil davomida tovar va xizmatlarning tashqi savdo aylanmasi 18,6%ga oshdi.

O‘tgan yilning oktabr va noyabr oylarida sanoat, ichki savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi faollik ham sezilarli darajada oshgan.

“Bu „Google“ qidiruv so‘rovlarida „biznes va sanoat“ toifalari bo‘yicha qidiruvlarining — 15,7%ga, „xarid qilish“ — 17%ga va „dam olish va o‘yin-kulgu“ — 10%ga oshishida namoyon bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

iqtisodiyot, prognoz, yaim

2022-yil avgust va oktabr oylarida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi mos ravishda 5,81% va 5,77% darajasida prognoz qilingandi.

Shu bilan birga, 2022-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 5,67%dan 5,87%gacha bo‘lgan diapazonda prognoz qilingan edi.

Umuman olganda, o‘tgan yili tashqi va ichki qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatn iqtisodiyotida barqarorlik namoyon bo‘ldi.

Joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishda davom etadi. 2023-yilning 1-choragida iqtisodiyotning yillik o‘sishi 5,47%ni tashkil qilishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotning biroz pasayishi sezilarli inflyatsiya bosimi va mavsumiy omillar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Yillik iqtisodiy o‘sishning prognoz diapazoni 2023 yilning 1-choragi uchun 5,31% — 5,62% darajasida belgilandi.


Avvalroq Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar Instituti (PMTI) hududlar iqtisodiyotidagi tafovutlarni tahlil qilgandi.