26-yanvar kuni “IT Park” rezidenti “AMC Bridge” global IT kompaniyasi tomonidan “Robotlarni noldan modellashtirish” mavzusida onlayn uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Spiker — “AMC Bridge” texnik loyihasi menejeri Veronika Demedetska. Uchrashuvda quyidagilar haqida so‘z yuritiladi:

  • kolliziyalarni aniqlash;
  • harakatni rejalashtirish;
  • teskari kinematika;
  • 3D-nigoh tizimlari;
  • 3D-piking va boshqalar.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 25-yanvargacha havola orqali ariza jo‘natish kerak.

Dastur 26-yanvar kuni soat 17:00 da boshlanadi hamda ingliz tilida, onlayn olib boriladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, bolalar va o‘smirlar uchun o‘yinlar yaratish boʻyicha tanlovga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 30-yanvargacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.