Qozog‘istonda “McDonald's” brendi ostida faoliyat yurituvchi restoranlar brendsiz qayta ochildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.

5-yanvar kuni “McDonald's"ning Qozog‘istondagi matbuot xizmati “Food Solutions KZ” tomonidan boshqariladigan fast-fud restoranlari “McDonald's” brendi ostida ishlamasligi haqida ma’lum qildi.

Faoliyatining qayta tiklanishi va yangi nomdagi yangi fast-fud restoranlarini ochish muddatlari yaqin vaqtlarda eʼlon qilinishi taʼkidlangandi.

“Food Solutions KZ” rahbari Asset Mashanov 10-yanvar kuni jurnalistlarga kompaniyaning asosiy vazifasi, ehtimol, brendsiz, kelajakda esa yangi mahalliy brend ostida ishlashni davom ettirish ekanligini aytdi.

“RIA Novosti” muxbirining Olmaotadan xabar berishicha, avvalroq “McDonald's” logotipi o‘rnatilgan restoranlardan birining tomida hozirda qozoq va rus tillarida “Biz ochiqmiz” yozuvlari o‘rnatilgan. Restoran eshigida 10:00da ochilishi haqida e’lon bor.

Axborot lavhalariga ko‘ra, restoran o‘z tashrif buyuruvchilariga “Beef Tay”, “Chicken Tay”, “Grand Cheeseburger”, “Fish Burger” va boshqa taomlarni taklif qiladi.

2022-yilning iyul oyida kompaniya texnik sabablarga ko‘ra Qozog‘istondagi restoranlarini yopgandi.

Keyinchalik “McDonald's” (“Food Solutions KZ”) 18-noyabrdan mahalliy yetkazib berishdagi cheklovlar tufayli ishini to‘xtatgandi.


Avvalroq “Spot” “McDonald's” tez ovqatlanish tarmog‘i 2023-yilda korporativ xodimlarining bir qismini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.