“Nordwind Airlines” aviakompaniyasi Permdan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Qayd etilishicha, aviakompaniya Federal havo transporti agentligidan (Rosaviatsiya) Permdan O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma so‘ragan.

Aviakompaniyalarni havo tashuvlariga qabul qilish boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishi materiallaridan maʼlum boʻlishicha, aviatashuvchi 2023-yil yozgi mavsumda Perm-Fargʻona yoʻnalishida haftasiga uchta reysni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Qish mavsumida esa “Nordwind Airlines” Permdan Samarqandga haftasiga uch marta parvozlarni tashkil etish niyatida.

Mazkur aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni boshlashni rejalashtirayotgani 2018-yil aprel oyida ma’lum qilingandi.

Keyinchalik 1-iyundan “Nordwind Airlines” aviakompaniyasi Toshkent-Qozon yo‘nalishida qatnovni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berildi.


Avvalroq “Spot” “Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye vodi-Samarqand yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻyishi haqida yozgandi.