“SABAH.lab” startaplarni rivojlantirish markazlaridan birida akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati/

“SABAH.lab” akseleratsiya dasturi (Ozarbayjon) — bu 5 oylik dastur boʻlib, u minimal hayotiy mahsulot (MVP)ga ega startap guruhlarini sarmoya olish va tayyorgarlikda qoʻllab-quvvatlaydi.

Loyiha natijalariga koʻra ishtirokchilar quyidagilarga ega boʻladilar:

  • investorlar va ekspertlar tarmogʻiga kirish imkoni;
  • MVP va umuman ularning startapini rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 20 000 manat ($11 700)gacha boʻlgan moliyaviy yordam;
  • startaplarga yoʻnaltirilgan oʻquv mashgʻulotlari va seminarlar;
  • xalqaro va mahalliy mentorlar bilan ishlash imkoniyati;
  • SABAH.lab dasturi jamoasi tomonidan doimiy ravishda qitish va taraqqiyotni kuzatish;
  • shaxsiy UX/UI va marketing yordami;
  • IT-konsalting;
  • kadrlar rezerviga kirish imkoni.

Dastur ingliz tilida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Unda ishtirok etish uchun arizalarni 13-fevralgacha havola orqali yuborish mumkin.


Avvalroq “Spot” “C.A.T. Science Accelerator” startaplar uchun ilmiy akseleratorga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, arizalar qabuli 25-fevralgacha davom etadi.