O‘zRVB platformasida davlat obligatsiyalari T+2 hisob-kitob rejimida joylashtirildi, deya xabar bermoqda valyuta birjasining matbuot xizmati.

T+2 rejimi bugun bitim — ertaga hisob-kitoblar shaklini bildiradi.

U orqali auksionda sotib olingan davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar bitimlar tuzilgan kundan keyingi ikkinchi savdo kunida amalga oshiriladi.

Bunda bitimlar tuzish uchun mablag‘larni oldindan deponentlash talab qilinmaydi.

Bu esa savdo ishtirokchilari uchun o‘z pul mablag‘larini samarali va oqilona boshqarish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, bu orqali DQQ bozorini faollashtirish, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, DQQ bozoriga ko‘proq ishtirokchilar va investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish, DQQ ikkilamchi bozorida likvidlikni oshirishga erishish belgilangan.

2022-yili valyuta fyucherslari bozorida market-meykerlar faoliyati tashkil etilib, “Kapitalbank” va “Ipak Yo‘li” banklari bu maqomga ega bo‘lgandi.

Shuningdek, O‘zRVB savdo platformasida birlamchi dilerlar o‘rtasida davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha birinchi auksion savdolari o‘tkazildi.