Kanada universiteti doktorantura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Britaniya Kolumbiyasi universitetining Shmidt ilmiy stipendiyasiga arizalar qabuli davom etmoqda.

Unga butun dunyodan nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun yuqoro darajadagi akademik baholar bo‘lishi hamda ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Xususan, IELTS ko‘rsatkichi 6,5 ball, TOEFL ko‘rsatkichi 90 ball bo‘lishi kerak.

Dastur ta’lim xarajatlarini to‘liq qoplaydi hamda yillik $100 ming miqdorida stipendiya ajratiladi.

Shuningdek, u bo‘lajak olimlarga jamiyat muammolariga yangi echimlarni ishlab chiqish, ilmiy va ijtimoiy fikr yetakchilari bo‘lish va yangi kashfiyotlarni tezlashtiruvchi ko‘nikmalar va istiqbollarni taqdim etadi.

Arizalar tabiat fanlari, matematika, muhandislik va hisoblash sohalari bo‘yicha qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni jo‘natishlari kerak:

  • CV;
  • PhD tadqiqotining qisqacha tavsifi;
  • shaxsiy bayonot;
  • stipendiya tadqiqoti bo‘yicha taklif;
  • tavsiyanoma va boshqalar.

Arizalarni joriy yilning aprel oyigacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Xitoy hukumati stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.