Buyuk Britaniyaning “Standard Chartered Bank"i O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Bu bo‘yicha vazir o‘rinbosari Sarvar Hamidov bilan bank vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ta’kidlangan.

Unda O‘zbekistonning metallurgiya, energetika va infratuzilmani rivojlantirish kabi tarmoqlarida yangi loyihalarni amalga oshirishga bank investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha muhokama qilingan.

Shuningdek, “Standard Chartered Bank"ning O‘zbekiston bozorida eksportni moliyalashtirish bo‘yicha mahsulotlarini ilgari surish va milliy kapital bozorini rivojlantirishdagi ishtiroki ko‘rib chiqilgan.

Standard Chartered Bank” 1969-yilda Londonda tashkil etilgan. Asosiy faoliyatini Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida olib boradi. 2020-yil oxirida uning moliyaviy aktivlari $789,1 mlrd.ni tashkil etgan.


Avvalroq, “Sberbank” O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi ma’lum qilingandi. Bank Adliya vazirligiga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan.