Saudiya Arabistoni Osiyo va Yevropa uchun neft narxini oshirdi, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

Xususan, neftning asosiy navi bo‘lmish Arab Light neftining narxi mintaqaviy ko‘rsatkichdan bir barrel uchun $2,50 va mart oyidagi ko‘rsatkichdan 50 sentga ko‘tarildi.

“Saudi Aramco” ikkinchi oy ketma-ket Osiyo uchun narxlarni oshirmoqda. Shimoli-garbiy Yevropadagi iste’molchilar uchun narxlar bir barrel uchun $1ga, Orta yer dengizi uchun — ICE Brentga nisbatan $0,3ga, AQShdagi iste’molchilar uchun narxlar esa o‘zgarishsiz qoldi.

“Aramco” Osiyodagi xom neft ta’minotining qariyb 60%ini, asosan oylik bahosi bo‘lgan uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha sotadi.

Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston Saudiya Arabistonidan eng yirik neft importchilari hisoblanadi.

O‘tgan yil sentabr oyida kompaniya Osiyo va AQSh mamlakatlari xaridorlari uchun eksport qilinadigan neft narxini oshirgandi.

Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy “Arab Light” navining bir barreli uchun narx $0,5 oshib, natijada Ummon va Dubaydan olinadigan neftdan bir barrel uchun $9,8 ga qimmatroq bo‘ladi.

“Arab Extra Light” narxi esa 30 sentga oshiriladi.

AQShga eksport qilinadigan “Arab Light” narxi sentabr oyida 50 sentga oshadi va “Argus Sour Crude Index” benchmark kotirovkalarida bir barrel uchun $6,15 ga yuqori bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energetika, neft va kimyo sohalarini rivojlantirishi haqida yozgandi.