“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha “Afrosiyob” elektropoyezdida ikkita yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi.

Xususan, 17-martdan 23-martgacha 767/768-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida 6 ta reys harakati quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

768-sonli “Toshkent-Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

Shuningdek, 20−21 mart kunlari 780/779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

780-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi

  • Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

779-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi

  • Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50

Batafsil ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni esa temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.


Avvalroq, Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi qo‘yilgandi.