Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"ning matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 19, 21-mart kunlari 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi va 20, 22-mart kunlari 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

19-mart kuni 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi

  • Toshkent 23:58 — Urganch 14:16

20-mart kuni 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi

  • Urganch 17:42 — Toshkent 07:06

21-mart kuni 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi

  • Toshkent 23:58 — Urganch 14:16

22-mart kuni 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi

  • Urganch 17:42 — Toshkent 07:06

Batafsil ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda elektron tarzda havola orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq,17-martdan 23-martgacha 767/768-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida 6 ta reys harakati amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

20−21 mart kunlari esa 780/779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdida Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakatlanadi.

Shuningdek, Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi qo‘yildi.