1-apreldan boshlab pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan to‘liq faoliyat ko‘rsatish vaqtida bepul foydalanishadi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra,Toshkent metropolitenining mazkur bandda ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab borilishi belgilangan.

Hozirda pensionerlar bu imkoniyatdan 10:00 dan 16:00 gacha foydalanishmoqda.

2023-yildan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobariga oshirildi.

Xususan, pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinadi.