Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fevral oyidagi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni tahlil qildi.

Qayd etilishicha, fevral oyida avtomobil bozorida faollikning pasaygan. Bir oy davomida sotilgan avtotransport vositalari soni 123,4 mingtani tashkil etib, joriy yilning yanvar oyiga nisbatan 2,5% va o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 3,8%ga kamaydi.

Birlamchi va ikkilamchi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat

Fevral oyida sotilgan yengil avtomobillarining umumiy soni bir oy davomida 1,8%ga kamaygan holda 116 mingtani tashkil etdi.

Savdo hajmining sezilarli pasayishi Samarqandda — 18%, Namanganda — 15% va Farg‘onada — 14% kuzatildi.

2022-yil fevral oyiga nisbatan faollikning eng kam pasayishi qayd etildi, chunki yengil avtomobillari savdosi atigi 0,4%ga kamaydi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, ikkilamchi bozor, tahlil

Mahalliy yengil avtomobillar va xorijiy avtomobillarning birlamchi bozori

Fevral oyida birlamchi yengil avtomobillar bozorida sotuvlar sezilarli darajada pasaydi. Shu tariqa, bir oy davomida ro‘yxatga olingan yengil avtomobillar soni 6,4%ga kamaydi.

2022-yil fevral oyiga nisbatan birlamchi bozordagi pasayish 4%ni tashkil etdi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, ikkilamchi bozor, tahlil

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida sezilarli pasayish qayd etildi, masalan, bir oy davomida sotuvlar 6,5%ga pasaydi.

Fevral oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,8%ga kamaygan holda 2,4 ming dona avtomobilni tashkil etdi. Biroq, o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 65% sezilarli o‘sish kuzatildi.

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori

Bir oy davomida ikkilamchi bozorda 92 ming dona yengil avtomobillar sotildi, bu bir oy oldingiga nisbatan 0,5%ga kamdir. O‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 0,5%ga o‘sish kuzatildi.

Elektromobillar bozori

Fevralь oyida yengil elektromobillar sotuvi 746 donani tashkil etdi, bu yanvarь oyiga nisbatan 73%ga ko‘proq.

Eng ko‘p elektromobillar Toshkent shahrida — 549 dona, Toshkent viloyatida — 70 dona va Farg‘onada — 27 dona sotilgan.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, ikkilamchi bozor, tahlil

Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan elektromobillar savdosi 99%ga oshdi.

Agar bir oy davomida birlamchi bozorda elektromobillar sotuvi yanvar oyi holatiga ko‘ra 2,3 baravar o‘sib, 617 donani tashkil etgan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda sotuvlar 22%ga kamayib, 129 donaga to‘g‘ri keldi.