Rossiya Davlat dumasi raqamli rublni muomalaga kiritishni nazarda tutuvchi ikkita qonun loyihasini ma’qulladi, deya xabar berdi “Forbes” nashri.

Hujjatlar Rossiyada elektron valyuta muomalasi uchun platforma yaratishni nazarda tutadi va Rossiya banki operatorga aylanadi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Markaziy banki 1-apreldan real mijozlarda raqamli rublni sinovdan o‘tkazishni boshlashni rejalashtirmoqda.

“Tayyorligini texnik jihatdan tasdiqlagan 13 ta bank pilot loyihada ishtirok etadi. Avvaliga jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari va savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida to‘lovlar operatsiyalari amalga oshiriladi”, — dedi Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Olga Skorobogatova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pilot loyiha real operatsiyalar va real mijozlar bo‘yicha amalga oshiriladi, ammo bunda operatsiyalar va mijozlar soni cheklangan bo‘ladi.

Qayd etilishciha, qonun loyihalari Davlat Dumasiga 2022-yil 29-dekabrda kiritilgan.

Ikkala qonun loyihasi hammualliflari orasida Davlat Dumasining Moliya bozori qo‘mitasi raisi Anatoliy Aksakov, Budjet va moliya bozori qo‘mitasi raisi Anatoliy Artamonov va Federatsiya Kengashi Konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi bo‘yicha qo‘mitasi raisi Andrey Klishas bor.

Resursdan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, ijro hokimiyati organlari foydalanishi mumkin bo‘ladi.

U uning uzluksiz ishlashini tashkil qiladi, shuningdek, platformaga kirish shartlarini, ishtirokchilar va foydalanuvchilar uchun talablarni, operatsiyalarni bajarish tartibini belgilaydi.

Platformadan jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, ijro etuvchi hokimiyat organlari foydalanishi mumkin.

Markaziy bank raqamli rubllarning xavfsizligi va ular bilan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri hisobga olish uchun ham javobgar bo‘ladi.

Fuqarolik kodeksiga qabul qilingan o’zgartirishlar raqamli rubllarni naqd bo‘lmagan mablag‘lar sifatida o‘z ichiga oladi.