Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Qatnov joriy yilning 6, 13, 20, 27-aprel kunlari 60/59-sonli poyezdida quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

60-sonli Toshkent-Andijon yo‘nalishi

  • Toshkent 07:55 — Andijon 13:56

59-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishi

  • Andijon 15:55 — Toshkent 21:45

Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” texnik sabablarga ko‘ra 2-aprel sanasidan quyidagi yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilganini ham ma’lum qildi:

61-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishi

  • Andijon 05:36 — Toshkent 12:12

6312-sonli Qo‘qon-Andijon yo‘nalishi

  • Qo‘qon 05:56 — Andijon 09:09

Batafsil ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni esa temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali xarid qilish mumkin.

Avvalroq, 9, 16, 23, 30-mart kunlariga 60/59-sonli yo‘nalish bo‘yicha Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnov qo‘yilgandi.