Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi Sochi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

29-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:07 da aviakompaniya samolyoti Sochi-Urganch-Sochi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysini amalga oshirgan.

Birinchi parvozda “Sukhoi Superjet 95” samolyoti 61 yo‘lovchi manziliga yetkazilgan.

Qatnov haftada bir marta — chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, “Azimut” Urganchni Rossiyaning boshqa shaharlari — Moskva va Mineralniye Vodi bilan ham bog‘laydi.

Yil boshida kompaniya ineralniye vodi-Samarqand yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgandi.

27-martdan Rossiya aviatashuvchisi Mineralniye Vodi-Samarqand-Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshirdi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Ilgari parvozlar faqat seshanba kunlari amalga oshirilardi.

Otgan yilning iyun oyida “Azimut” kompaniyasi Toshkent va Urganchga qatnovlarni yoʻlga qoʻyishi ma’lum boʻlgandi.

Aviatashuvchi O‘zbekistonga muntazam parvozlar uchun ruxsatnomani 2022-yilning mart oyida olgandi.

Azimut” — qarorgohi Rostov-na-Donu va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi 2017-yildan boshlab yangi “Plato” aeroportining tayanch tashuvchisiga aylandi.


Avvalroq Spot Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 21-apreldan Moskvadan Samarqandga parvozlarni boshlashi haqida xabar bergandi.