Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar joriy yil 21-apreldan boshlanib, haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari, qaytish reyslari ham Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekiston Turkiya, Belarus, Armaniston va BAAdan keyingi beshinchi xalqaro yo‘nalish bo‘ladi.

Loukoster kompaniyaning rasmiy saytida Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar sotuvi ochilgan.

Saytda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bir tomonlama chiptalar narxi 1 mln 385 ming so‘mdan boshlanadi.

Pobeda” aviakompaniyasi 2014-yil 1-dekabrdan parvoz qila boshlagan.

Avvalroq “IndiGo” aviakompaniyasining O‘zbekistonga muntazam parvozlari avgustdan boshlashi haqida xabar berilgandi.