Ayna dastlab o‘zini tikuvchilik sohasida sinab ko‘rdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan ishini to‘xtatdi. 2021-yil sentabr oyida tadbirkor Instagram’da kitoblarni onlayn sotishga qaror qildi. Ular juda tez sotildi va u savdo nuqtasi ochish haqida o‘ylay boshladi. Shu tariqa Ayna kitob do‘konini 15-fevralda ochdi.

Bugungi kunda u 2021-yil iyul oyida ochgan “Avis Tour” sayyohlik agentligiga ham egalik qiladi.

“Bolaligimdan ko‘p o‘qiganman. Qo‘limdagi kitobsiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Menga detektiv asarlar yoqmaydi. Boshqa barcha janrlarni katta zavq, qiziqish va intriga bilan o‘qiyman”, — deya ta’kidlaydi tadbirkor.

“Men o‘qishni o‘z biznesimga aylantirdim — menimcha, bu mening unga bo‘lgan muhabbatimning eng yaxshi ko‘rsatkichidir”, deya qo‘shimcha qildi u.


“Yashirin yordam”, Lyudmila Petranovskaya

Psixolog va pedagog Lyudmila Petranovskaya o‘z qo‘llanmasida ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi muhim aloqa, g‘amxo‘rlik va tarbiya haqida gapiradi.

“Men bu kitobni uchinchi farzandim tug’ilganda o‘qiganman”, deydi Ayna.

Muallif juda oson va tushunarli tilda bizga ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi mehr-oqibat asoslarini yetkazadi. Bolalarning shikoyatlari ortida nima yotganini aytadi va bolani tushunishga yordam beradi.

Tadbirkor bu kitobni ota-ona bo‘lmoqchi bo‘lgan har bir kishiga tavsiya qiladi.


“Ko‘rinmas ayollar”, Karolin Peres

Kitob gender tengligi haqidagi ijtimoiy tadqiqotlarga asoslangan.

Unda muallif nima uchun bugungi kunda ayollar mehnati e’tibordan chetda qolayotganini aytgan.

Bundan tashqari, u hayotning turli sohalarida tengsizlik haqida shubhasiz dalillarni keltirdi.

Ayna kitobni o‘tgan yili o‘qib chiqganini, o‘shandan beri uylar arxitekturasiga, o‘z uyini tartibga solishga va umuman hayotga butunlay boshqacha nazar bilan qaray boshlaganini aytadi.

Nega bu menda bunchalik taassurot qoldirganini o‘qishni boshlaganingizdan keyin tushunasiz, deydi u.

ayna aliyeva, ayna books, kitoblar tavsiyasi


“Becoming”, Mishel Obama

AQShning birinchi xonimi xotiralari hech bir ayolni befarq qoldirmaydi. Bu shaxsning o‘zgarmas qat’iyatiga faqat tik turgan holda hayrat va olqish mumkin.

Bu ayol stereotiplar va jamoatchilik fikridan qat’i nazar, xohlagan narsangizga qanday erishishni va kuchli bo‘lishni ko‘rsatadi.

Ushbu kitobdan so‘ng men zudlik bilan ijtimoiy tarmoqlarda Mishelga obuna bo‘ldim va uning tasmadagi yozuvlarini ko‘rganimda, u mening eski do‘stimdek tuyuladi, deydi tadbirkor.

U ajoyib ayol, haqiqatan ham birinchi xonim, bu nomga loyiqdir. Men uni o‘qiganimdan keyin kuchli motivatsiyani qo‘lga kiritdim va o‘ylaymanki, bu ilhomlantiruvchi hikoyalarning barcha muxlislariga yoqadi.

Mishel o‘zining kichik qadamlari, muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari hamda hatto oilaviy muammolari haqida gapiradi.


“Ochlik o‘yinlari”, Suzanna Kollinz

Qisqa vaqt ichida bestsellerga aylangan amerikalik yozuvchining romani. O‘quvchilarni doimiy keskinlik va intrigada ushlab turgan muallif butun dunyodagi odamlarning qalbini zabt eta oldi.

“Men distopiya, fantaziya, ilmiy fantastikani yaxshi ko‘raman. Bu yerda hamma narsa bitta romanda jamlangan”, deydi Ayna

Aynanmazkur kitobni birinchi tug‘ruq ta’tiliga chiqqanida o‘qiganini va bu kitob uni kundalik muammolar va tartiblardan uzoqroqqa olib ketganini takidlaydi.

Bu juda ko‘p turli xil fikrlarni uygotadi, bizni o‘ylashga va atrofdagi hayotimizni tahlil qilishga majbur qiladi.

ayna aliyeva, ayna books, kitoblar tavsiyasi


“Tinch Don”, Mixail Sholoxov

Ko‘pchilik tomonidan sevilgan ajoyib doston. Sholoxov gayrioddiy iliqlik bilan o‘zi o‘sgan bu hududlarni tasvirlagan.

Xalq taqdiri, ularning qadriyatlari, kechinmalari va Birinchi jahon urushi voqealari. Tavsif juda samimiy, chuqur va tahliliy tarzda berilgan.

Men uni o‘smirligimda o‘qiganman. U yosh avlodni chiroyli uslub, rus tilining tabiati bilan tanishtiradi.

Osmirlar uchun bu muhitni o‘qish va his qilish juda foydali bo‘ladi. Go‘zal va ayni paytda ogriqli sevgi hikoyasi, shuningdek, kazaklarning hayoti.